13 apr 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 314 turniri yakunlandi. Aleks Volkanovski yana chempion!
AQSHda UFC 314 turniri o'z yakuniga etdi.
Kechaning markaziy jangida yarimengil vazn toifasining sobiq chempioni Aleks Volkanovski vakant bo'lib turgan kamar uchun Diego Lopesga qarshi oktagonga ko'tarildi.
5 raundlik chempionlik jangi to'liq davom etdi va unda hakamlar Aleks Volkanovskining ochkolar evaziga g'alaba qozonganini qayd etishdi.
SHu tariqa, Aleks Volkanovski vakant bo'lib turgan kamarni yana qaytarib oldi.
Bungacha yarimengil vazn toifasidagi ushbu chempionlik kamari Iliya Topuriyaga tegishli edi. Iliya engil vaznga ko'tarilishini malum qilib, ushbu kamarni vakant qoldirib ketgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar