22 apr 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 329 turniri uchun ilk tomoshabop jang elon qilindi
11 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida joylashgan T-Mobile Arena majmuasida UFC 329 turniri o'tkaziladi.
Turnir kardidan o'rin olgan ilk reyting jangi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, eng engil vazn toifasida chempionlik kamari uchun sobiq davogar, reytingda to'rtinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Kori Sendxagen UFC 329 musobaqasida hamyurti Mario Bautista bilan jang qiladi. Bautista eng engil vazn reytingida sakkizinchi o'rinda bormoqda.
Malumot uchun, Sendxagen hozirgacha 24 ta jangda ishtirok etib, 18 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Bautista esa 20 ta jangda 17 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Havola :
Manba : Main Card
Fikrlar