01 sen 16:57
Yangiliklar
UFC 332 turnirining asosiy jangi SHevchenko ishtirokida kechadi
Qirg'izistonlik aralash yakkakurash ustasi chempionlik himoya jangida braziliyalik 29 yoshli Nataliya Silvaga qarshi oktagonga chiqadi. Dastlab ushbu jang raqamlangan turnirning ikkinchi muhim qarama-qarshiligi bo'lishi xabar qilingan edi, biroq yakunda ayollar o'rtasidagi chempionlik jangi maqomi ko'tarilib, turnirning markaziy jangiga aylantirildi.
2024 yil sentyabr oyida Valentina SHevchenko Aleksa Grassoga qarshi trilogiyaning yakuniy jangida chempionlik kamarini qaytarib olgan edi. SHundan so'ng, Qirg'iziston vakilasi Manon Fioro va Veyli CHjan ustidan hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan g'alaba qozonib, ikki marta chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Nataliya Silva tashkilotda mag'lubiyatsiz odimlamoqda. U UFC`da sakkizta g'alabaga erishgan bo'lib, so'nggi uchta jangida sobiq chempionlar — Jessika Andrade, Aleksa Grasso va Rouz Namayunasni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan.

Fikrlar