26 iyu 00:31
Yangiliklar
UFC Abu-Dhabi turnirining bonus egalari elon qilindi. Ramazon Temirov ro'yxatda bormi?
Musobaqa markaziy bahslari o'zbekistonlik sportchilar ishtirokida o'tdi.
Asosiy jangda yarim og'ir vazn reytingida to'qqizinchi o'rinda borayotgan Bogdan Guskov rossiyalik sobiq chempion, titul uchun birinchi raqamli davogarga beshinchi raundda texnik nokaut orqali imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Co main event bellashuvida esa yana bir yurtdoshimiz Ramazon Temirov avstraliyalik o'ninchi raqamli jangchi, titul uchun ikki marta jang qilgan Stiv Erceg bilan to'qnash keldi va birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Tashkilotchilar turnirning bonus sohiblarini elon qilishdi. Ahamiyatlisi, mukofot pullari ajratilgan atletlar ro'yxatidan hamyurtimiz Ramazon Temirov ham o'rin oldi:
Oqshomning eng yaxshi jangi – Rizvan Kuniev vs Tayrell Forchen
Oqshomning eng yaxshi ishtiroki– Ramazon Temirov, Valter Uoker.
Endi Ramazon va yuqoridagi uch jangchi kafolatlangan gonorardan tashqari 100 ming AQSH dollari miqdorida bonusga ega chiqadi.
Fikrlar