03 avg 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC chempion bo'lishi kutilgan umidli dog'istonlik jangchi bilan shartnomani bekor qildi
Asli dog'istonlik, hozirda Buyuk Britaniya sharafini himoya qilayotgan Muhammad Mokaevning UFC'dagi faoliyati yakunlandi.
U o'tgan hafta Manchester shahrida bo'lib o'tgan UFC 304 turniri doirasida portugaliyalik Manel Kapega qarshi jang qilib, g'alaba qozongan edi.
SHundan so'ng, UFC rahbari Dana Uayt Mokaevning menejerlari PFL Ligasi bilan muzokaralar olib borgani va UFC'ning yangi shartnomasi uchun ultimatum qo'yganini xabar qildi va Muhammad bilan endi faoliyat olib bormasligi elon qilindi.
Kuni kecha UFC rosteridan Muhammad Mokaev o'chirib yuborildi.
Malumot uchun, 24 yoshli Mokaev hozirgacha 12 ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Uning UFC'dagi rekordi 7:0 ko'rinishida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar