So’nggi yangiliklar

12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0

13 dek 12:47
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC chempioni Iliya Topuriyaning yangi vaznga o'tayotgani tasdiqlandi

Teglar :  UFCIliya Topuriya
Avvalroq, yarimengil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriyaning vazn toifasini o'zgartirishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Bu malumot rasman o'z tasdig'ini topdi. Ispaniya sharafini himoya qilayotgan asli gruziyalik aralash yakkakurash ustasi yarimengil vazn chempionligini vakant qoldirib, engil vaznda faoliyatini davom ettiradi. Bu vaznda amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev hisoblanadi.

"Iliya har bir jangi oldidan ko'p miqdorda vazn tashlashiga to'g'ri keladi. Bu ishni har safar takrorlash juda og'ir va mushkul jarayon. U ortiq bunday qilmoqchi emas. Iliya bu og'ir jarayon davom etishini xohlamaydi. Topuriyaning vazni 85 kilogrammgacha ko'tariladi. Jang payti esa 66 kg bo'lishi shart. Yigirma kilogramm vazn tashlash organizmni qiynab qo'yadi. Aslida ham shunday bo'lyapti. Iliya tez kunda chempionlik kamarini vakant qoldiradi", deya Submission Radio kanaliga intervyu berdi Iliya Topuriyaning murabbiyi Xorxe Kliment.

SHuningdek, Kliment shogirdining may oyida engil vaznda sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqmoqchi bo'layotganini ham qo'shimcha qildi. Braziliyalik bu jangga rozi bo'lmasa, u holda amerikalik Dastin Pore varianti ko'rib chiqiladi. Porening o'zi ham Topuriya bilan jang o'tkazishga qarshi emasligini aytgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing