16 iyu 13:35
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC chempioni qamoqqa olinishi mumkin
Og'ir vazn toifasida UFC amaldagi chempioni, amerikalik aralash yakka kurash ustasi Jon Jons qamoq jazosi xavf solmoqda.
Jons fuqaroga hujum qilish va muloqotga to'sqinlik qilishda ayblangan. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar bermoqda.
Jon bu orqali bir yilgacha qamoq jazosi va 1500 dollar miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.
Dastlabki malumotlarga ko'ra, 6 aprel kuni Drug Free Sport (DFS) xodimi uyga kirib kelganida Jon Jons qattiq mast bo'lgan. Keyinchalik u doping tekshiruvidan o'tishdan bosh tortgan.
SHundan so'ng, Jon xodimni o'ldiraman deb qo'rqita boshlagan va telefonini ham olib qo'ygan. Bir necha soat o'tgach, Jon bu malumotlarni rad etib, antidoping xizmati xodimlarining o'zini noprofessionallikda ayblagan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar