03 sen 07:58
Yangiliklar
UFC Den Xukerga faoliyatidagi eng katta gonorarni to'laydi
UFC Fight Night 287 turnirida ligada debyut qilayotgan Saladin Parnass bilan jang qilishga rozi bo'lgan tashkilotning navbatdagi francuz turniri xedlayneri Den Huker o'z faoliyatidagi eng katta gonorarni qo'lga kiritadi.
"Bu menga maqul. Agar yangi kelganlar bilan jang qilish uchun shuncha pul to'lashsa, men umrimning oxirigacha ular bilan jang qilishga tayyorman. Menga to'lanayotgan bu pul evaziga hatto Frensis Ngannu bilan ham jang qilgan bo'lardim, ular esa menga o'zim bilan bir xil vaznda bo'ladigan raqibni berishmoqda? Bu shubhasiz, faoliyatimdagi eng katta gonorar", — dedi yangi zelandiyalik engil vaznli jangchi RMC Sport nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq Den Xuker UFC`da faoliyatini davom ettirishi kutilayotgan PFL chempioni, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Usman Nurmagomedovni oktagonda kutib olishga tayyorligini malum qilgan edi.

Fikrlar