21 mar 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC endi Ozarbayjonda ham turnir o'tkazadi
Bu haqda taniqli MMA jurnalisti Ariel Xelvani xabar berdi.
Uning so'zlariga ko'ra, UFC Baku shahrida turnir tashkil etish bo'yicha muzokaralarni yakunlash arafasida. Bu turnir uchun hozircha Tagir Ulanbekov — Kioji Xoriguchi jangi ko'rib chiqilyapti. Musobaqa yozda bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Ozarbayjon UFC turniriga mezbonlik qiladigan 30-davlat bo'ladi. Bu davlatdan mazkur promoushenda ikki jangchi harakat qiladi.
Havola :
Manba : x.com/ArielHelwani
Fikrlar