13 mar 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 203. Bonus sohiblari elon qilindi
Bugun tongda o'tkazilgan UFC Fight Night 203 turnirining eng yaxshilari uchun belgilangan bonus, yani mukofot pullari kimlarga topshirilishi malum bo'ldi.
Promoushen vakillari matbuot anjumanidan so'ng bonus egalarini elon qilishdi. Unga ko'ra, Azamat Murzakanov, Kodi Brandayj, Xalil Runtri va Song Yadong Las-Vegasdagi UFC Fight Night 203 turnirining eng yaxshilari sifatida 50 000 dollardan bonus oladigan bo'lishdi.
Etiborga molik jihati shundaki, bu turnirda "eng yaxshi jang" aniqlanmadi. Boisi, bunday jangning o'zi bo'lmadi, deyiladi tashkilot bayonotida. SHu sababdan ham to'rt nafar jangchiga "yaxshi ishtirok uchun" 50 ming dollardan topshirildi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar