02 sen 14:27
Yangiliklar
UFC Fight Night 209 tarozi natijalari: Tuivasa Gandan og'irroq tosh bosdi
Ananaga ko'ra, jangdan bir kun oldin UFC Fight Night 209 oqshomi ishtirokchilari tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Kechaning markaziy jangi og'ir vazn toifasida Siril Gan va Tay Tuivasa o'rtasida o'tkaziladi.
CHempionlik kamari uchun rasmiy davogarni aniqlab beruvchi ushbu jang oldidan Gan 112 kg, Tuivasa esa 120.6 kg vaznga ega ekani oydinlashdi. Qolgan jangchilar ham belgilangan vazn meyorini muvaffaqiyatli bajarishdi.
Tarozi natijalari:
Asosiy kard
Siril Gan (112 kg) — Tay Tuivasa (120.6 kg)
Marvin Vettori (84.4 kg) — Robert Uittaker (84.4 kg)
Alessio Di Kiriko (84.4 kg) — Roman Kopilov (84.4 kg)
Nasrat Haqparast (70.3 kg) — Jon Makdessi (70 kg)
Yarno Errens (66.2 kg) — Uilyam Gomis (66.2 kg)
CHarlz Jurdeyn (66 kg) — Nataniel Vud (66.2 kg)
Prelim kard
Abusupiyan Magomedov (84.4 kg) — Dastin SHtolcfus (84.4 kg)
Mixal Figlak (70.8 kg) — Fares Ziam (70.8 kg)
Xoakin Bakli (84.4 kg) — Nassurdin Imavov (84.4 kg)
Gabriel Miranda (70.5 kg) — Benua Sen-Deni (70.8 kg)
Kristian Kuinones (61.7 kg) — Xalid Taxa (61.2 kg)
Stefani Egger (65.8 kg) — Aylin Peres (65.5 kg)
Fikrlar