So’nggi yangiliklar

07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0

02 dek 08:05
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 233. Barcha tarozi natijalari bitta sahifada. Bitta jang karddan "echildi"

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Ostin shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

Ananaga ko'ra, oqshom ishtirokchilari tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimlarida ishtirok etishdi. UFC Fight Night 233 turnirining asosiy jangi engil vazn toifasida Beneil Dariush (22-5-1) hamda Arman Carukyan (20-3) o'rtasida o'tkaziladi. Har ikki jangchi belgilangan vazn meyorini bajardi. Beneil 70,76 kg, Arman esa 70,53 kg tosh bosdi. 

Turnirning so main-event jangi ham engil vazn toifasida tashkil etiladi. Unda Bobbi Grin (31-14-1) hamda Jalin Tyorner (18-8) o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi. Aslida Qirol Yangi Zelandiya vakili Den Xukerga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Ammo Xuker jarohat olgani sababli jangdan "echildi". 

Ostindagi turnirning yana bir qiziqarli jangi sobiq UFC chempioni Deyvison Figeyredu hamda Rob Font o'rtasida kechadi. Har ikkala jangchi ham tarozida bir xil vazn ko'rsatishdi - 61,23 kg. Yana bir sobiq UFC chempioni Misha Teyt ham oktagonga qaytmoqda. U Juliya Avilaga qarshi jang o'tkazadi. Har ikki oktagon malikasi tarozida bir xil vazn qayd etishdi - 61,46 kg.

UFC Fight Night 233 turnirining bitta jangi bekor bo'ldi. Stiv Garsiya betob bo'lib qolgani bois, uning Melkizael Kostaga qarshi jangi karddan olindi. Qolgan barcha janglar o'z kuchida qoldi.  


UFC Fight Night 233 turnirining barcha tarozi natijalari:

Beneil Dariush (70,76 kg) – Arman Carukyan (70,53 kg);

Jalin Tyorner (70.76 kg) – Bobbi Grin (70,3 kg);

Rob Font (61,23 kg) – Deyvison Figeyredu (61,23 kg);

SHon Bredi (77,11 kg) – Kelvin Gastelum (77,11 kg);

Kley Guida (69,85 kg) – Xoakim Silva (70,76 kg);

Punaxele Soriano (84,14 kg) – Dastin SHtolcfus (84,14 kg);

Misha Teyt (61,46 kg) – Juliya Avila (61,46 kg);

Zakari Riz (83,91 kg) – Kodi Brandeyj (83,91 kg);

Drakkar Kloze (70,53 kg) – Jo Solecki (70,3 kg);

Rodolfo Bellato (93,21 kg) – Igor Poterya (92,53 kg);

Vellington Turman (77,56 kg) – Jared Guden (77,56 kg);

Veronika Xardi (56,92 kg) – Jeymi-Lin Xort (56,92 kg).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing