So’nggi yangiliklar

14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0

12 jan 10:17
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 249 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

Bugun tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida 2025 yildan o'rin olgan ilk UFC turniri o'tkazildi.

UFC Fight Night 249 turnirining markaziy jangi ayollar minimal vazn toifasida o'tkazilib, revansh maqomidagi bahsda Makkenzi Dern besh yil avvalgi mag'lubiyat uchun Amanda Ribasdan munosib tarzda qasos oldi. Referi Mark Smit uchinchi raund yakunlanishiga uch soniya qolgan bir paytda jangni to'xtatdi. Amerikalik aralash yakkakurash ustasi og'ritish usuli bilan braziliyalik raqibasini taslim bo'lishga majbur etdi. 

Oqshomning ko-meynivent jangida argentinalik yarimo'rta vazn toifasi vakili Santyago Ponzinibbio uchinchi raundda Gayanalik Karlston Xarrisni texnik nokautga uchratdi. Bu bilan u ikki mag'lubiyatli seriyasiga barham berdi. 

Asosiy kard doirasidagi jangda rossiyalik o'rta vazn toifasi vakili Roman Kopilov jang yakunlanishiga ikki soniya qolgan bir paytda amerikalik Kris Kyortisni oyoqda boshga bergan zarbasi bilan nokautga uchratdi. 

Tojikiston burguti Nurullo Aliev 2025 yilni g'alaba bilan boshlab oldi. U Jo Soleckiga qarshi kechgan uch raundlik to'liq jangda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.

Qolgan natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, rossiyalik aralash yakkakurash ustalari Magomed Gadjiyasulov va Viktoriya Dudakova bugungi turnirda mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Yarimog'ir vazn toifasi vakili bo'lgan Magomed braziliyalik Bruno Lopesga imkoniyatni boy berish asnosida faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Birinchi engil vazn toifasida janglarini o'tkazib kelayotgan Dudakova esa ikkinchi raundda amerikalik Fatima Klaynga texnik nokaut bilan yutqazdi.

SHuningdek, bugungi turnirda Sezar Almeyda, Punaxili Soriano, Felipe Bunes, Marko Tulio va Jeykob Smit raqiblarini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing