16 fev 07:48
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 251 turnirining markaziy jangida nokaut qayd etildi
Biroz avval AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri yakuniga etdi.
UFC Fight Night 251 oqshomining markaziy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda amerikalik tajribali Jared Kannone braziliyalik Gregori Rodrigesga qarshi oktagonga ko'tarildi. Besh raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakuniga etdi. To'rtinchi raundda Kannone raqibini nokautga uchrata oldi.
Qizig'i shundaki, Jared birinchi raundda ikki bor nokdaun holatiga tushib qolgandi. Kannone bugungi g'alabasi bilan so'nggi jangidagi mag'lubiyatini yopdi. Rodriges esa aksincha, uchta g'alabali seriyasidan keyin yutqazdi. Jaredning g'alabalari 18 taga etdi, hisobida 8 ta mag'lubiyat ham bor. Rodrigesning rekordi — 16 g'alaba, 6 mag'lubiyat.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar