26 apr 11:53
Yangiliklar
UFC Fight Night 274 bonuslari kimlarga nasib etdi?
Bu safar promoushen rahbarlariga bonus egalarini aniqlash ham oson, ham qiyin bo'ldi. Ikkitagina finish va shu bilan birga teng janglar. Markus Almeydani ajoyib tarzda nokautga uchratgan og'ir vazn toifasidagi Rayan Spenn kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 100 000 dollarlik chek oldi.
Ikkinchi bonus o'rta vazn toifasidagi Jekson Makveyga nasib etdi. U tadbirning dastlabki kardida Sedrik Dyumani bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Turnirning eng yaxshi jangi sifatida o'ta engil vazn divizioni vakillari Deyvi Grant va Adrian Luna Martinettiga nasib etdi. Uch raundlik jangda umumiy hisobda 261 ta aniq zarba yo'llandi.
Bu safar 25 000 dollarlik bonuslar taqdim etilmadi. Odatda bu bonus o'z janglarini muddatidan avval yakunlagan aralash yakkakurash ustalariga berilar edi.

Fikrlar