19 iyu 10:19
Yangiliklar
UFC Fight Night 281 turnirining bonus sohiblari aniqlandi
Oqshomning asosiy jangi Drikus Dyu Plessi va Kamaru Usman o'rtasidagi bahs bugungi turnirning eng yaxshi jangi deb topildi. Har ikki jangchi kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 100 ming dollarlik bonusni qo'lga kiritdi. Ushbu jangda Drikus hakamlarning yakdil qarori bilan 50-45, 49-46, 49-46 hisobida g'alaba qozongan edi.
Yorqin jang uchun bonuslar amerikalik yarim engil vazn toifasi vakili Tommi MakMillen hamda braziliyalik yarimog'ir vazn jangchisi Felipe Frankoga nasib etdi. Ular mos ravishda venesuelalik Alberto Montes va braziliyalik Levi Rodrigesni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi.
SHuningdek, bugungi turnirda raqiblarini muddatidan avval taslim etgan amerikalik Richard Xarris va braziliyalik Dioni Barbosa 25 000 dollarlik bonus cheklariga ega chiqdi. Amerikalik CHeyz Xuper garchi texnik nokautli g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa-da, bir kun avval vazn meyorini bajara olmagani uchun bonusdan quruq qoldi.

Fikrlar