So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

29 avg 19:19
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 286 turnirining barcha natijalari: O'nta finishli jang, Nurmagomedovda nokaut

Xitoyning SHanxay shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 286 turniri kardi doirasidagi 13 ta jangning 10 tasi muddatidan avval yakuniga etdi.

Oqshomning markaziy jangida xitoylik Song Yadong kutilmaganda rossiyalik Umar Nurmagomedovni muddatidan oldin mag'lub etib, engil vazn toifasida chempionlik kamari uchun davogarlik qilish imkoniyatini jiddiy ravishda oshirib oldi.

Turnirning asosiy voqeasi bo'lgan jang ikkinchi raundning 1-daqiqasi 48-soniyasida yakunlandi. Song pastga egilgan raqibini o'ng qo'l zarbasi bilan tutib oldi va ketma-ket zarbalar (hammerfist) bilan jangni yakuniga etkazdi.

Rossiyalik jangchi uchun bu faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyat va ilk muddatidan oldingi finish bo'ldi. Xitoy vakili esa joriy yil boshida SHon O`Melliga yutqazganidan so'ng, ketma-ket ikkinchi muddatidan oldingi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Kechaning ikkinchi muhim jangida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar xitoylik Syaonan Yan braziliyalik Deniz Gomesga nokaut bilan yutqazib, ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Birinchi raund oxirida Gomes xitoylik raqibasini o'ng tirsak zarbasi bilan kutib oldi va ikkita yon zarba bilan jangni yakunladi.

Boshqa natijalar qatorida Kay Asakura, Tse Lyu, Bilal Hasan, Andre Lima, Ri Tsurui, Franchesko Nutstsi, Ektor Santyago va Juliya Polastrining muddatidan oldingi g'alabalarini alohida takidlash joiz.


UFC Fight Night 286 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Song Yadong Umar Nurmagomedovni nokautga (zarbalar) uchratdi – 2-raund, 1:48

Deniz Gomes raqibasi Syaonan Yanni nokaut (zarbalar) qildi – 1-raund, 4:49

Kay Asakura Kilenga Aorini texnik nokaut (boshga oyoqda zarba) evaziga engdi – 2-raund, 0:34

Su Mudaerji Aleks Perezni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (29-28, 29-28, 29-28)

Ce Lyu Levi Rodrigesni nokaut (zarba) bilan yutdi – 1-raund, 4:26

Bilal Xasan Nilson Roxasni nokaut evaziga (zarba) mag'lubiyatga uchratdi – 2-raund, 2:28


Prelim kard janglari

Andre Lima Namsray Batbayarni sabmishn (gilotina) qildi – 3-raund, 3:03

Ri Curuya Kevin Borxasni sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga taslim etdi – 1-raund, 4:14

SHon Vudson Jek Jenkinsni hakamlarning ayri qarori bilan (28-29, 29-28, 29-28) yutdi

Franchesko Nucci Syao Lunni texnik nokautga (zarbalar) uchratdi – 1-raund, 1:00

Ektor Santyago Lourens Luini nokaut (zarbalar) evaziga engdi – 2-raund, 0:53

Juliya Polastri raqibasi Czinnan Sonni nokaut (boshga oyoq bilan zarba) qildi – 1-raund, 3:06

Kem Nelson Meng Dingni ochkolar hisobiga ko'ra (29-28, 29-28, 29-28) mag'lub etdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing