18 okt 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Fight Night 291 turniri nokautlar bo'yicha Liga rekordini takrorladi
Bugun, 18 oktyabr kuni Kanadaning Edmonton shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 291 turniri bir kechada qayd etilgan nokautlar soni bo'yicha liganing rekordini takrorladi.
Karddan o'rin olgan jami 13 ta janging 12 tasi nokaut bilan yakunlandi. Bunday statistikaga ega bo'lgan ilk turnir avgust oyida Belgrad (Serbiya) shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 283 oqshomida bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, UFC Fight Night 291 turnirining asosiy jangida yarim o'rta vazn toifasidagi (77 kg gacha) kanadalik jangchi Mayk Melott amerikalik Xoakin Baklini ikkinchi raundda nokautga uchratdi.
Kardning ikkinchi muhim jangida ayollar o'rtasida o'ta engil vazn toifasidagi (57 kg gacha) kanadalik Jasmin Yasudavichyus hakamlarning yakdil qarori bilan amerikalik Erin Blanfildni mag'lub etdi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar