19 iyu 15:32
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi Jonni Uoker ham Bogdan Guskovni tabrikladi
Yarim og'ir vazn toifasida braziliyalik UFC jangchisi Jonni Uoker (21-7-0) o'zbekistonlik Bogdan Guskovni UFC'ga qo'shilgani bilan tabrikladi.
Jonni Uoker hamda Bogdan Guskov o'zaro yaqin aloqada hisoblanadi. Uoker Dog'istondagi mashg'ulotlarini aynan hamyurtimizning jamoasida olib boradi.
Xabar berganimizdek, Guskov kecha yarim og'ir vaznda UFC jangchisiga aylangan edi. Uoker ham o'zbekistonlik jangchini ushbu quvonchli xabar bilan tabrikladi.
Jonni Uoker UFC'da 11 ta jang o'tkazib, shularning 7 tasida g'alaba qozongan bo'lsa, qolgan 4 ta jangda raqiblariga imkoniyatni boy bergan.
Malumot uchun, Bogdan Guskov UFC'dagi ilk jangini 3 sentyabr kuni Franciyada o'tkazadi.
Havola :
Manba : instagram.com/johnnywalker
Fikrlar