So’nggi yangiliklar

15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0

20 iyu 11:53
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC oktagonida yana bir superjangga guvoh bo'lamiz

Bir nechta manbalar UFC promousheni tomonidan ushbu jangning tasdiqlangani xabar berilmoqda.

Gap yarim engil vazn toifasida rossiyalik Movsar Evloev hamda amerikalik Aljameyn Sterling o'rtasidagi jang haqida ketmoqda. Ushbu superto'qnashuv 5 oktyabr kuni AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida tashkil etiladigan UFC 307 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Hozircha UFC`ning o'zi rasman bu jangni elon qilgani yo'q. 

"UFC 307 turnirida men uning mag'lubiyatlar ustunidagi nol raqamini yo'qqa chiqaraman", - deya ushbu yangilikka munosabatini bildirgan Sterling. 

"Men nimalarga qodir ekanimni aynan shu jangda ko'rsataman. Yangi jamoa, to'liq kuch bilan bu jangga kiraman. Yarim engil vaznning eng kuchli jangchisi ekanimni isbotlayman", - dedi Evloev.

Sobiq UFC chempioni Aljameyn Sterling shu yilning aprel oyida yarim engil vazn toifasida debyut qilgandi. O'shanda u hakamlarning yakdil qarori bilan vatandoshi Kelvin Kattardan ustun kelgan edi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Movsar Evloev esa yanvar oyida britaniyalik Arnold Allendan ochkolar bo'yicha ustun kelgandi. Bu uning UFC promoushenidagi sakkizinchi g'alabasi edi. Ayni paytda rossiyalik reytingda beshinchi, amerikalik esa sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing