So’nggi yangiliklar

19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0

14 iyu 13:46
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC on ESPN 59 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

Bugun AQSHning Kolorado shtati Denver shahrida UFC on ESPN 59 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangi ayollar o'rtasida birinchi engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Rouz Namayunas hamda shu kungacha g'alabali seriya bilan kelayotgan Treysi Kortez o'rtasida o'tkazildi. Besh raund to'liq davom etgan jangda tajribali Rouz hakamlarning yakdil qarori (48-47, 49-46, 49-46) bilan g'alaba qozondi. 

Ko-meynivent jangida rossiyalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Muslim Salixov hakamlarning ayri qaroriga ko'ra argentinalik Santyago Ponzinibbiodan ustun keldi. Teng kechgan jangda hakamlarning ikki nafari Muslimga, yana biri Santyagoga g'alabani taqdim etgan. Bu bilan Salixov ikkita mag'lubiyatli seriyasini yopishga muvaffaq bo'ldi. 

Ahamiyati jihatidan kardning uchinchi to'qnashuvida Dryu Dober o'ng ko'zidagi jarohat sabab jangni yakuniga etkaza olmadi. Natijada uchinchi raundda texnik nokautli mag'lubiyat yozildi. Ikki yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan qozog'istonlik Mariya Agapova biroz kutilmaganda birinchi raunddayoq yutqazib qo'ydi. Braziliyalik Luana Santos Agapovani bo'g'ib qo'ydi. Bu Mariyaning ketma-ket qabul qilib olgan uchinchi mag'lubiyati bo'ldi. 

SHuningdek, bugungi turnirda Julian Erosa, CHarlz Jonson, Montel Jekson va Evan Elderlar ham muddatidan avval g'alaba nishasidini surishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing