22 mar 15:42
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Ozarbayjon turnirining ehtimoliy kardi paydo bo'ldi. Undan ikki o'zbekistonlik UFC jangchisi ham o'rin olgan + FOTO
Endilikda UFC Ozarbayjonda ham turnir tashkil etishi haqida xabar bergan edik.
Malumotlarga ko'ra, ilk musobaqa shu yilning 21 iyun kuni poytaxt Boku shahrida bo'lib o'tadi.
Matbuotda turnirning ehtimoliy kardi tarqaldi. Undan ikki o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi — Bogdan Guskov va Ramazon Temirovning jangi ham o'rin olgan.
Internet foydalanuvchilari tuzgan kardda Guskov yarimog'ir vazn reytingining beshinchi pog'onasidagi serbiyalik Aleksandr Rakich, Temirov esa o'ta engil vazn reytingining 12-o'rnini egallab turgan braziliyalik Bruno Silva bilan jang qilishi belgilangan.
Ammo Ramazonning o'zi keyingi jangini Abu-Dabida o'tkazish niyatida ekanligini aytgan edi.
Havola :
Manba : MMATM
Fikrlar