So’nggi yangiliklar

09:34Қудратилло Абдуқаҳҳоров Австралияда камар учун жанг қилади 0 09:03"Боладан конфет олиб қўйишдек осон". Хирн Уайт билан можаро ҳақида гапирди 0 08:32Нодирбек Абдусатторов: “Кўп хатолар психологиядан келиб чиқади” 0 08:01Роналду Мессининг хайрлашув постига жавоб қайтарди 0 18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0 17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0 15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0 14:47Жезуш Роналдунинг баёноти ҳақида: "Ҳозир уни ўқиб чиқмоқчиман, айтадиган гапим йўқ" 0 14:19Mағлубиятсиз UFC жангчиси Доғистонга бориб шуғулланиш нияти жиддий эканини айтди 0 13:53Ариэль Хельвани: "Шевченконинг UFC унвонидан воз кечиши ихтиёрий бўлмаган" 0 13:22Пётр Ян Двалишвили билан жангига 18 кун қолганида ажойиб жисмоний ҳолатини намойиш этди + ФОТО 0

15 apr 17:10
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

UFC peshqadamlikni yo'qotadimi? Dana Uaytning raqobatchilari gazni bosmoqda

2024 yilning boshida PFL Amerikaning yana bir yirik promousheni Bellator’ni sotib olish jarayonini rasman yakunladi.

UFC’ning eng katta raqiblari yana bittaga ko'paydi. Bu holat UFC rahbari Dana Uaytni hayajonga solgan ko'rinadi. «Bitta sotmaydigan va hech kim tomosha qilmaydigan bir bemani tashkilot chipta sotmaydigan va hech kim tomosha qilmaydigan boshqa bir tashkilotni sotib oldi. Siz uchun bu g'alaba qozonishga o'xshaydi. Sizningcha, chiptalar endi sotila boshlaydimi? Telvivedenie reytinglari haqida nima deya olasiz? – deb Dananing so'zlarini keltiradi Sportskee nashri. Aslida, ikkita kuchli reklama aksiyalarining birlashuvi Uayt uchun jiddiy ogohlik qo'ng'irog'idir. 

Ro'yxat

PFL ham, Bellator ham birlashishidan avval deyarli har bir vaznda yaxshi jangchilarga ega edi. Ha, albatta, biz hozir UFC bilan to'laqonli raqobat haqida gapirmayapmiz, chunki Dana ligasining darajasi ancha yuqori va ko'plab tashkilotlar ushbu darajaga etish uchun harakat qilmoqda. Ammo shunisi aniqki, ikki ligada ham UFC jangchilariga raqobat tug'dira oladigan jangchilar etarlicha topiladi. Misol izlash uchun uzoqqa borish shart emas, masalan Bellator’dan Maykl CHendler jahonning eng yaxshi ligasiga sakrab chiqdi, kamar uchun kurashib ko'rdi va yaqinda Konor Makgregorga qarshi jang o'tkazadi. Maykl Peyjning so'nggi chiqishlari haqida nima deyish mumkin? Venom ko'plab UFC jangchilari ustidan g'alab qozongan Kevin Xollandni mag'lub etdi. Biroq, Peyj hatto Bellator chempionligini ham qo'lga kiritmagan. 

Tomoshabinning qiziqishi 

Tomoshabinlar qiziqishi haqida bahslashish ahmoqlikdir. Albatta, barcha raqiblarini yo'q qilgan UFC ligasi uzoq vaqt davomida monopolist rolida qolmoqda. Ha, boshqa reklama kompaniyalari ham bo'lgan, lekin ularning darajasini Uaytning tashkiloti bilan taqqoslab bo'lmaydi. Ko'plab tomoshabinlar UFC’dan o'zga ligani ko'rmagan va ayrimlar bilmaydi. Garchi ularning hammasi o'zgacha yo'nalishda bo'lsa ham. Riodagi UFC 301 musobaqasining kardini ko'ring – nomli turnir PFL yoki Bellator’dan farq qilmaydi. Hattoki, ular qiziqish uyg'otish sababli Xose Aldoni nafaqadan qaytarishga qaror qilishdi. Endi PFL va Bellator birlashdi, ular qiziqarli hamkorliklari orqali muxlislar etiborini jalb qilishlari kerak. Masalan, fevral oyining oxirida ikki tashkilot chempionlarining birinchi turniri bo'lib o'tdi. 

CHempionlik kamarini afsonaviy Mayk Tayson olib chiqdi, auditoriya yulduzlar bilan to'lgan, nafaqat sportdagi mashhurlar, balki kartaning o'zi ham ancha zalvorli edi. Agar ligalar tomoshabinlarni bunday voqealar orqali hayratda qoldirishda davom etsa va yangi formatlarni o'ylab topsa, bu qiziqish uyg'otishi aniq, shuningdek, muxlislarning bir qismini UFC’dan tortib olishi ham hech gap emas. Qolaversa, PFL ixtiyorida Frensis Ngannu ham mavjud, har qanday katta jang ommani o'ziga tortishini unutmaslik lozim. O'z tomoshabinlarini ergashtira oladigan Jeyk Pol ham bor hamda u ham aralash jang sanatlarida urushib ko'rish istagi bor ekanligini yashirib o'tirmaydi. Bu ikki sportchi PFL va Bellator’ga bo'lgan qiziqishni sezilarli darajada oshirib yuborishi mumkin. 

Moliya

UFC jangchilari juda katta miqdorda pul olishlari haqidagi mish-mishlar allaqachon afsonaga aylanib ulgurgan. Katta to'lovlarni chempionlar PPV (translyaciyalar) sotuvining ulushi tufayli oladi, takidlash joiz Dana Uayt ulkan miqdorda to'laydigan liganing haqiqiy yulduzlari tomonidan olinadi. Boshqa barcha jangchilar, ayniqsa liga bilan yangi shartnoma imzolagan sportchilar kam maosh oladi. Ko'pchilik hatto o'z omadini UFC’da sinab ko'rish uchun yuqori gonorarlardan ham voz kechadi. Sababi, agar yangi ligada omadi chopib ketsa, millionerga aylanib ketishi ham hech gap emas. Tez orada PFL va Bellator bu borada ham raqobat o'rnatishi mumkin degan fikrlar yo'q emas. Yaqinda birlashgan ligalar arab pullari bilan chambarchas bog'langan, bu juda ko'p narsani anglatadi. O'ylab ko'ring, Saudiya pullari mamlakatdagi professional boksga bo'lgan qiziqishni qanday qaytardi.

Agar shayxlar PFL va Bellator’ni shunday qiyinchiliklar bilan qabul qilib olsa, UFC’dan ushbu ligalarga jangchilar ko'chish oqimi boshlanishi mumkin. Axir, sportchining umri qisqa, hamma ko'proq pul ishlab topishni istaydi, shuning uchun shayxlarning mo'may pullari va shartnomasi yordamida ligalarga nom va unvonlarga ega bo'lgan eng yaxshi jangchilar olib kelinishi mumkin. Keyin bo'lsa, Dana Uayt ushbu sportning yuqori pog'onasida qolish uchun boshqacha narsalar o'ylab topishi kerak bo'ladi. Ammo haligacha UFC dunyodagi etakchi promoushen hisoblanadi. Biroq, agar Dana o'z ligasining rivojlanishiga etarlichi etibor qaratmasa hamda raqiblarini jiddiy qabul qilmasa, ehtimol yaqin yillar ichida tashkilot o'z mavqeyini yo'qotar. Buning hammasini vaqt ko'rsatadi.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing