10 fev 07:58
Yangiliklar
Boks/MMA, Boshqalar
UFC prezidenti: “Meyvezer Makgregorga qarshi ikkita jang o'tkazishga vada bergandi”
Aralash qoidalar tashkiloti - UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o'rtasida MMA qoidalari bo'yicha jang o'tkazilishiga shama qildi.
“Bu ikki sportchi o'rtasida boks jangi o'tkazilishidan oldidan Floyd har qanday holatda ham Konorga qarshi ikkita jang o'tkazishga vada bergandi. O'shanda u janglarning biri boks, ikinchisi MMA qoidalari asosida o'tkazilishini ham qo'shimcha qilgan edi. Meyvezer o'z vadasiga sodiq qolarmikan? Hamma gap shunda”, - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilning avgust oyida o'tgan boks qoidalari asosidagi jangda Meyvezer UFC chempioni bo'lgan Makgregorni o'ninchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar