So’nggi yangiliklar

17:15Мағлубиятсиз Фарид Башарат UFC ростеридан чиқарилди 0 16:44UFC президенти Раҳмонов ва мағлубият нималигини билмай келаётган нокаутчи ўртасидаги жанг ҳақида баёнот берди 0 16:13Дэвид Бенавидес Биволни танқид қилди 0 15:42Мбаппе Лео Мессидан ўтиб кетди 0 15:11Жан Сильва: "Пратес билади, агар Махачевга зарба берса, жанг якунланади" 0 14:40Кормье Перейранинг даъволарига жавоб қайтарди: "Дўст деб ўйлагандим" 0 14:09Алекс Перейра Павлович билан жангни эмас, чемпионлик камари учун курашишни кутганини айтди 0 13:38Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари кечаги баҳсдаги ҳаракатларига неча баҳо олишди? 0 13:07Пэдди Пимблетт октагонга қайтиш муддатини маълум қилди 0 12:36Тошкентда кикбоксинг бўйича Жаҳон кубоги ўтказилмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 12:05Чимаев, Царукян, Нурмагомедов жанг қиладиган RAF турнирининг тўлиқ таркиби тасдиқланди 0 11:34Винисиус узоқ муддатга дисквалификация қилингани ҳақида гапирди 0 11:03Тўлиқ таркибда қатнашган юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 10:32Артур Бетербиев қизиқарли янгиликлар ваъда қилди 0 10:01"Бу йигитларни қўллаб-қувватлаш керак". Пейж UFC’даги паст гонорарлар бўйича танқидга қўшилди 0

15 okt 16:44
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC prezidenti Rahmonov va mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan nokautchi o'rtasidagi jang haqida bayonot berdi

Teglar :  SHavkat RahmonovUFC
UFC prezidenti Dana Uayt mag'lubiyatsiz odimlayotgan, ammo jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqqan qozog'istonlik SHavkat Rahmonov (19-0)ning navbatdagi jangi haqida gapirdi.

Dana Rahmonov hamda ekvadorlik Maykl Morales (19-0) o'rtasidagi ehtimoliy jang haqidagi malumotlarga izoh berdi.

— Hozir internetda Maykl Morales va SHavkat Rahmonov o'rtasida ko'plab tortishuvlar ketmoqda. Promoushenning ushbu jangni 2027 yilda tashkil etish rejasi bormi?

— Balki, balki. Aslida, bizda hozir kecha muhokama qilganimiz ko'plab ajoyib ishlar ustida ish ketmoqda. Ha, bizni ko'plab yaxshi elonlar kutmoqda. Bu yilning oxiri aql bovar qilmas darajada bo'ladi va keyin, bilasizmi, bu yil qanday o'tganini va uning finali qanday bo'lishini hisobga olsak, bizda yanvar va fevral oylari ham ajoyib o'tadi, deb o'ylayman.

Avvalroq Morales video elon qilib, unda Rahmonovni hurmat bilan "divizionning yakuniy bossi" deb atagan va u bilan jang qilish istagini bildirgan edi. Qozog'istonlik jangchi esa bunga o'zining TikTok sahifasida "19-0 vs 19-0" yozuvi tushirilgan qiziqarli tizer bilan javob qaytardi. Amerikalik insayder Ruben Karter birinchi bo'lib, mag'lubiyat nima ekanini bilmay kelayotgan ushbu yarim o'rta vazn toifasi vakillari o'rtasidagi jang 2027 yilning 30 yanvar kuni Torontoda bo'lib o'tadigan UFC 336 turnirining uchinchi eng muhim jangi sifatida muhokama qilinayotganini yozgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing