16 apr 09:48
Yangiliklar

UFC reytingi yangilandi. Volkanovski P4P reytingida ko'tarildi, Guskovning vaznida ham o'zgarishlar bor
Musobaqaning markaziy jangida Diego Lopesni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, yarim engil vazn toifasida UFC chempioniga aylangan Aleksandr Volkanovski P4P reytingida ikki pog'ona yuqorilab, to'qqizinchi o'ringa joylashdi. O'ta engil vazn chempioni Pantoja va og'ir vazn toifasidagi vaqtinchalik chempion Tom Aspinall bir pog'onadan pastladi.
Yarim og'ir vazn toifasida esa Dominik Reyes sakkizinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Mazkur divizionda faoliyat yurituvchi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Bogdan Guskov reytingning 13-o'rnida bormoqda.
Eng ko'p o'zgarishlar yarim engil vazn toifasida kuzatildi. Xollouey birinchi raqamli davogarga aylandi. Lopes esa mag'lubiyatga qaramasdan, bir pog'ona ko'tarildi. Vaznni tark etgan Topuriya uchinchi o'ringa tushdi. UFC 314da g'alaba qozongan Jin Silva ilk bor reytingga kiritildi.
Peddi Pimblett esa Maykl CHendlerni mag'lub etganidan keyin to'rt pog'ona yuqorilab, sakkizinchi o'ringa chiqdi. CHendler 12-o'ringa tushib ketdi.
Fikrlar