13 okt 19:12
Yangiliklar
UFC sobiq jangchisi uch marta o'q edi
Bu haqda Reuters xabar berdi. Kennedi xavfsizlik va logistika xizmatlariga ixtisoslashgan Vestus Global xususiy kompaniyasi bilan shartnoma asosida ishlab kelgan.
Malumotlarga ko'ra, sentyabr o'rtalarida Tim Kennedi bo'lgan guruh pistirmaga tushgan. Hujum oqibatida 20 kishi jabrlangan, ulardan etti nafari halok bo'lgan.
Kennedi oyog'idan uch marta o'q egan, biroq omon qolgan. Hozir u AQSHning Merilend shtatida milliy harbiy-tibbiyot markazida davolanmoqda.
Tim Kennedi avval AQSH armiyasining maxsus kuchlarida ham xizmat qilgan. U Iroq va Afg'onistondagi harbiy operaciyalarda qatnashgan. MMA faoliyati davomida Kennedi Strikeforce va UFC tashkilotlarida jang qilgan. U Strikeforce'ning o'rta vazn chempionlik kamari uchun ikki marta davogarlik qilgan, biroq har ikkala jangda ham mag'lub bo'lgan.
Kennedi 2017 yilda MMA'dagi faoliyatini yakunlagan.
Fikrlar