So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

29 avg 10:39
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Tom Aspinallning maqomini tasdiqladi

Tom Aspinallning UFC`dan ketishi va og'ir vazn chempionlik kamaridan mahrum etilishi haqidagi gap-so'zlar fonida, liga rahbari Dana Uayt vaziyatga oydinlik kiritdi.

UFC rahbari britaniyalik jangchi tashkilotning amaldagi chempioni bo'lib qolishi va sog'lig'i to'liq tiklangach, oktagonga qaytishini malum qildi. Aspinallning tashkilotdan ketishi haqidagi mish-mishlarga uning zarba berish texnikasi bo'yicha murabbiyi Stipe Drvis sabab bo'ldi. U ijtimoiy tarmoqdagi jonli efir vaqtida shogirdi endi UFC bilan hamkorlik qilishni istamasligini aytib o'tgandi.

"U sog'aygach qaytadi. Tom hech qaerga ketmayapti, u biz bilan. Tom Aspinall bilan munosabatlarimiz joyida. Uning murabbiyi bunday gapni aytganidan xabarim yo'q edi, lekin bu, shubhasiz, yolg'on. Tushunishimcha, Tom allaqachon barchasiga oydinlik kiritib bo'lgan. SHunday ekan, hammasi joyida. U tiklanib, jang qilishga tayyor bo'lganida, u oktagonga qaytadi va kamarini himoya qiladi", — dedi tashkilot prezidenti "Spinnin Backfist"ga bergan intervyusida.

SHuningdek, Uayt Aspinallning promouter Eddi Xirn bilan hamkorligi yil oxirigacha rejalashtirilgan Siril Ganga qarshi jangni tashkil etishda qiyinchilik tug'dirishi mumkinmi, degan savolga ham javob berdi.

"Yen Gerri ham u bilan ishlaydi va u yaqindagina jang qildi. Yo'q, bu hech qanday xalaqit bermaydi", — deb ishontirdi Uayt.

Avvalroq Tom Aspinall murabbiyining ketish haqidagi bayonotini rad etib, oktagonga qaytish bo'yicha liga bilan har kuni muzokaralar olib borayotganini tasdiqlagan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing