10 fev 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322304_220.jpg)
UFC yaqinlashib kelayotgan uchta turnirni elon qildi
Kecha Avstraliyaning Sidney shahrida o'tkazilgan UFC 312 turniri doirasida Liga matbuot xizmati bo'lajak uchta turnirni rasman elon qildi.
Unga ko'ra, 29 mart kuni Mexiko shahrida (Meksika) UFC Fight Night turniri tashkil etiladi. Musobaqaning markaziy jangi meksikalik sobiq chempion Brendon Moreno va Avstraliya vakili Stiv Erceg o'rtasida kechadi.
12 aprel kuni Mayami shahri (AQSH) UFC 314 turniriga mezbonlik qiladi. Markaziy bellashuv yarim o'rta vazn chempioni Belal Muhammad va davogar SHavkat Rahmonov o'rtasida kechishi kutilmoqda.
10 may kuni esa Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 tashkil etiladi.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar