07 sen 09:41
Yangiliklar
UFC’da Jastin Getji va Iliya Topuriya o'rtasidagi revansh jangi muhokama qilinmoqda
Bu haqda UFC sharhlovchisi Jon Enik o'z podkastining navbatdagi sonida malum qildi.
"UFC bosslarining Getji va Topuriya o'rtasidagi ikkinchi jangni tashkil etishga urinishi bo'yicha gap-so'zlar yuribdi. Revansh shunchaki grand darajada bo'ladi va agar bashorat qiladigan bo'lsam, yakunda aynan shu narsa yuz beradi deb o'ylayman", — dedi Enik.
Jastin Getji avvalroq o'zining keyingi qadami bo'yicha qarorni yangi yildan keyin qabul qilishini, hatto professional faoliyatini yakunlashi mumkinligini ham istisno etmagan edi. Iliya Topuriya esa yaqindagina deyarli uch oylik sukunatni buzib, amerikalik jangchidan uchralgan mag'lubiyatni qanday qabul qilgani haqida gapirdi hamda oktagonga qaytib, yana chempion bo'lish niyatida ekanligini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, 14 iyun kuni Oq uy yaqinida bo'lib o'tgan UFC turnirining markaziy jangi — engil vazn toifasidagi birlashtiruvchi bahsda Topuriya va Getji to'qnash kelgan edi. Jang chempionning muddatidan avvalgi mag'lubiyati bilan yakunlangandi: u to'rtinchi raunddan so'ng jangni davom ettirishdan bosh tortgan edi.

Fikrlar