24 iyu 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC'dagi eng yosh sportchi - Raul Rosas keyingi jangini xitoylik raqibga qarshi o'tkazadi
Eng engil vazn toifasida amerikalik aralash yakka kurash ustasi, UFC'dagi eng yosh jangchi Raul Rosasning keyingi bellashuvi tafsilotlari malum bo'ldi.
19 yoshli sportchi UFC'dagi keyingi jangini 14 sentyabr kuni UFC 306 turniri doirasida o'tkazadi. Unga o'sha kuni xitoylik Aorikyuileng (25-11-0) raqib sifatida tanlangan.
Rosas (9-1-0) UFC'da shu kungacha 3 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan bo'lsa, 31 yoshli xitoylik jangchi o'z hisobiga 3 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyatni yozdirib qo'ygan.

Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
10:42
Abdel-Aziz Oq uydagi turnirda qaysi mamlakatlar jangchilari chempion bo'lmasligini taxmin qildi 0
Fikrlar