02 avg 07:14
Yangiliklar
Eshkak eshish
Ugam daryosida Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi boshlandi
Slalomda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Indoneziyada bo'lib o'tadigan XVIII Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini boshlashdi.
Toshkent viloyatining Ugam daryosida o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida to'rt nafar sportchimiz – Alibek va Jonibek Temirgalievlar, Ramil Kirpichev va Abubakir Bukanov ishtirok etmoqda. Osiyo o'yinlarida aynan yuqoridagi to'rt nafar sportchimiz murabbiy Izatillo Rahmatullaev qo'l ostida medallar uchun kurash olib boradilar.
Malumot uchun, slalomchilarimizning yig'ini 14 avgustga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar