18 jan 17:19
Yangiliklar
Tennis

Ugo Umber Oklendda faoliyatidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha ASB Classic turniri yakunlandi.
Unda bosh sovrin franciyalik Ugo Umberga nasib etdi. Dunyoning 57-raketkasi final uchrashuvida 24-pog'onadan joy olib turgan vatandoshi Benua Perni mag'lub etishning uddasidan chiqdi - 7/6(2), 3/6, 7/6(5).
Ikki soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda Benuaga 16ta eys zarbasi ham yordam bera olmadi. O'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanati tenglashdi - 1:1. Oklenddagi muvaffaqiyatli ishtirok Umberga 91,625 dollar hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu uning faoliyatidagi ilk sovrin bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar