26 okt 15:31
Yangiliklar
Futbol

Uilshir faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin
"Vest Xem" va "Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin.
"Vest Xem" 28 yoshli xavbek bilan shartnomani bekor qilish borasida kelishuvga erishgandan so'ng uning italyan yoki ispan klublariga yo'l olishi taxmin qilingandi.
O'yinchi ayni damda MLS'da to'p tepish uchun variantlarni qidirmoqda. Uilshir o'tgan mavsum "Vest Xem" tarkibida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
Havola :
Fikrlar