06 iyu 14:56
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Mezbonlar vakili 5 setlik bahsni o'z foydasiga hal qildi
"Uimbldon" turnirining yarim finalida britaniyalik tennischi ham bo'ladi.
Dunyoning 12-raketkasi bo'lib turgan Kemeron Norri murakkab kechgan chorak final uchrashuvida ATP reytingida 58-pog'onadan joy olgan belgiyalik David Goffinni mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 7/5, 2/6, 6/3, 7/5.
Norri o'zaro ikkinchi uchrashuvda ham Davidni engdi. Uch soatu 31 daqiqa davom etgan bahsda Kemeron 5, Goffin esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Har ikki raketka ustasi ham 5 tadan breyk qayd etgan. Endi mezbonlar vakili yarim finalda Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar