19 iyu 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Uittakerning fikricha, Makgregorning qaytishidan endi mano yo'q
Avstraliyalik UFC jangchisi Robert Uittaker ikkita vazn toifasida UFC chempioni, irlandiyalik aralash yakka kurash ustasi Konor Makgregor haqida fikr bildirdi.
"Muammo shundaki, uzoq tanaffusdan keyin jang qilganingda, jarohat olish xavfi yuqori bo'ladi. Konorning bir necha yillardan beri ilk bor jang qilishini hisobga olsak, uning jarohat olishi 100 %ga teng. Konor jang qilishi shart emas. U nima uchun bunday qilayotganini tushunmayapman. U allaqachon aql bovar qilmaydigan darajada boyga aylandi. Jang qilish uchun o'zingni butunlay sportga bag'ishlashing kerak. Konor buni juda yaxshi biladi", dedi Robert.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar