26 fev 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Ukraina boks federaciyasi IBA'ni tark etib, World Boxing'ga qo'shiladi
Ukraina boks federaciyasi rossiyalik Umar Kremlyov boshchiligidagi Xalqaro boks associaciyasi (IBA)dan chiqib ketishini elon qildi.
Tashkilot allaqachon IBA'dan chiqish uchun rasmiy hujjatlarni yuborgan.
2024 yil 9 sentyabrida Ukraina boks federaciyasi World Boxing'ga azo bo'lish uchun ariza bergandi. Yaqin orada rasmiy azolik arizasi tasdiqlanishi kutilmoqda.
"Ushbu qaror XOQ tavsiyalariga muvofiq qabul qilinadi. Yoshlar va sport vazirligi oldidagi 2024 yil uchun kelishilgan taqvim rejasi bo'yicha barcha majburiyatlarni bajargandan so'ng, Ukraina boks federaciyasi 2024 yil 23 dekabrda IBA'dan chiqish to'g'risida rasmiy ravishda xabar berdi va ularga bu haqda rasmiy xat yubordi", deyiladi rasmiy bayonotda.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar