04 avg 10:14
Yangiliklar
Futbol

Ukraina chempionati. “Dinamo” “SHaxtyor”dan ustun keldi
Ukraina chempionatining 3-turida Kievning “Dinamo”si o'z uyida azaliy raqibi “SHaxtyor”ni taslim etdi.
“Olimpiyskiy” stadionida kechgan bellashuvda yagona gol o'yin taqdirini hal qildi. Mezbonlarning sloveniyalik himoyachisi Benyamin Verbich 64-daqiqada jamoadoshi Viktor Cigankov uzatib bergan to'pni raqib darvozasiga aniq yo'lladi.
SHu tariqa “Dinamo” mavsumda qatorasiga uchinchi g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa, “SHaxtyor” ilk mag'lubiyatni qarshi olishga majbur bo'ldi.
Ayni paytda “Dinamo” 9 ochko bilan chempionat turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Keyingi pog'onalarda 6 ochko jamg'argan “SHaxtyor” va “Aleksandriya” klublari borishmoqda.
Havola :
Fikrlar