21 jan 09:19
Yangiliklar
Engil atletika
Ukrainalik taniqli atlet endi Rossiya sharafini himoya qiladi
Engil atletikaning 4x100 metrga yugurish yo'nalishida jahon chempionatining bronza medali sovrindori, Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Natalya Pogrebnyak bundan buyon musobaqalarda Rossiya bayrog'i ostida startga chiqadi.
Xalqaro engil atletika federaciyalari associaciyasi (IAAF) sportchiga musobaqalarda Rossiya nomidan ishtirok etish uchun rasmiy ravishda ruxsat berdi.
“Natalya turmushga chiqdi va Rossiya fuqaroligini qabul qildi. IAAF sportchiga hozircha Rossiyaning ichki musobaqalarida qatnashish huquqini berdi. Tez orada xalqaro turnirlarda ishtirok etish uchun ham talabnoma topshiriladi”, - dedi Rossiya engil atletika federaciyasi ijrochi direktori Aleksandr Parkin.
Havola :
Fikrlar