So’nggi yangiliklar

13:24Жаҳон чемпионатида биринчи бўлган боксчиларимиз кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:36WTA 500. Камилла Раҳимова Токиода 1/2 финалга чиқди 0 11:57"Ал Насср" "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан 5 та гол урди, Роналдудан хет-трик! + ВИДЕО 0 11:22"Президент Олимпиадаси". 14 ҳудудий жамоанинг барида медаль! + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0

09 jan 10:38
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"Ular gapirashadi, dog'istonliklar esa bajarishadi" - Konor allaqachon yo'q, Xabib esa Irlandiya bilan urushda davom etmoqda!

Xabib Nurmagomedov yana shov-shuvli mojaroga kirishdi.

25 yanvar kuni mag'lubiyatsiz Usman Nurmagomedov Bellator chempionlik jangida irlandiyalik Pol Xyuz bilan uchrashadi. Albatta, Usmanning tayyorgarligida uning afsonaviy qarindoshi Xabib Nurmagomedov ishtirok etmoqda, Xabib hozir ikki frontga bo'lingan: Umar Nurmagomedov va Islam Maxachevga ham yordam berishi kerak. Biroq, Xabib nafaqat qarindoshlari va do'stlariga yordam berishga ulguryapti, balki raqiblarining manziliga izohlar hujumi uyushtirishga ham vaqt topmoqda. Bu safar Xyuz va u bilan birga butun Irlandiya hujum ostida qoldi.

“Irlandiyada jangchilar yo'q. Keling, to'g'ri baho beraylik. Nechta irlandiyalik jangchini bilasiz? Pol Xyuz va Konor Makgregor. Yana kim? Dog'istonga keling va bir zumda farqni his qilasiz. Tashkilotlar dog'istonlik jangchilar bilan shartnoma imzolashmaydi, chunki ulardan biri chempion bo'lishidan havotirda bo'ladilar. Dog'istonda MMA darajasi yuqori. Irlandiyadagi aralash yakkakurashlar darajasi Dog'istondagining yarmiga ham etmaydi”.

Ha, Usmanni yo'q qilishga vada bergan va shu bilan birga vatani Irlandiyani yuqori baholagan Xyuzning o'ta beadab so'zlari Xabibga yoqmadi. Ammo bu butun bir mamlakatni kamsitish uchun sabab bo'la oladimi? Xabibning so'zlari haqiqatdan uzoq bo'lmasa ham, u juda agressiv edi. Balki, bularning barchasi Makgregor bilan uzoq yillik adovat bilan bog'liqdir, shuning uchun Irlandiyaga nisbatan o'zgacha munosabatdamikin? Ammo Konor uzoq vaqtdan beri xuddi Xabibning o'zi kabi faol jangchi emas edi. Tabiiyki, Xyuz "burgut"ga javob berarkan, afsonaviy vatandoshini ham esladi.

“Xabib, seni Konor mashhur qildi. Dog'iston esa doping bo'yicha birinchi o'rinda”, — deb yozgan Xyuz ijtimoiy tarmoqlarda Usmanning doping-testi muvaffaqiyatsiz o'tkazilgani haqidagi xabarning skrinshotini ilova qilgan holda.

Xabib bunga javoban Makgregorga “hujum qildi” va “u faqat gapirganini, dog'istonliklar kelib, buni amalda bajarganini” aytdi. Konor aralash yakkakurashlar olamining afsonasi ekanligini hisobga olsak, yumshoq qilib aytganda, bu shubhali gap. Ha, irlandiyalik juda ko'p gapirgan, ammo fakt faktligicha qolmoqda - Makgregor UFC tarixidagi ikki karra chempion bo'lgan birinchi jangchi, darvoqe, Xabib buni takrorlay olmagan. Makgregor Amerika promoushenini yangi bosqichga olib chiqdi. Uning gonorarlari yangi avlod jangchilari uchun orzu bo'lib kelgan va bundan keyin ham bo'ladi. Keyin Konor Xabibga yutqazdi va faoliyatining oxiri butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo bu qulash irlandiyalikning oldingi yutuqlarini hech qanaqasiga bekor qila olmaydi!

Keyin Xabib yana Dog'istonning buyukligi haqida gapirdi, Irlandiyani ham eslatib o'tishni unutmadi, ammo endi u o'z izohlarida ehtiyotkor edi.

"Siz istagan gapingizni gapirishingiz mumkin, ammo faktlar haqida gapiradigan bo'lsak, irlandiyalik jangchilarni Dog'iston vakillari bilan taqqoslab bo'lmaydi. Bizning etakchiligimizni nafaqat Irlandiya, balki dunyo terma jamoasi bilan taqqoslab bo'lmaydi. Ishonchim komilki, agar jamoaviy bahslar tashkil etilsa, Dog'iston havaskor MMA bo'yicha dunyo terma jamoasini mag'lub etgan bo'lardi. 

Professional MMA haqida gapiradigan bo'lsak, har bir ligada bizning chempionlar, davogarlar va reytingli jangchilar bor. Menga hozir TOP-3 promoushendagi irlandiyalik davogarni ko'rsating. Eng yaxshi holatda siz bir yoki ikki jangchini ko'rsatishingiz mumkin. Faktlar barchasini aytib turibdi".

Yana shuni takidlash kerakki, Xabib butunlay haq. Dog'istonlik jangchilar haqiqatan ham havaskor va professional MMAda asosiy rollarda bo'ladi. Ammo Irlandiya aholisi soni bo'yicha Dog'istondan unchalik ko'p emas va ketma-ket chempionlar etishtirishga majbur emas. Axir bu Evropa davlatida jang sanati Xabibning vatanidagi kabi mashhur emas. Biroq, Irlandiya aralash yakkakurashlar olamiga Konor Makgregorni berdi, shuning o'ziyoq maqtovga sazovor.

Qilichini yalang'ochlab olgan Xabib Konor bilan yozishmalarning navbatdagi raundiga shay va o'zini ancha tutib oldi. Biz Makgregorning o'zi haqida gapirmayapmiz, u javoban keskin fikrlar yozgan va keyin xabarlarini o'chirib tashlagan. Ammo Nurmagomedovning qo'pol so'zlari ko'plab adekvat jangchilarga yoqmadi. Aftidan, Xabib xeyterlarning yana bir armiyasini to'pladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing