So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

21 iyu 16:19
Yangiliklar

Engil atletika, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga boradilar - Leonid Andreev!

Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etuvchi sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz.

Bu galgi qahramonimiz engil atletikaning langarcho'pda sakrash va o'nkurash yo'nalishlari ustasi Leonid Andreev bo'ladi.

Andreev Leonid Vladimirovich 1983 yil 6 oktyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Sportdagi ilk saboqlarini akasi, sobiq o'nkurash ustasi, ikki karra Olimpiada ishtirokchisi Paveldan olgan. Leonid 2000 yilda dekatlon yo'nalishida o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashib, 14-o'rindan joy oldi. Albatta, ilk musobaqada bu yaxshi natija edi. Ikki yildan keyin esa jahon chempionligini rasmiylashtirdi.



2005 yilgi jahon chempionatida lan­garcho'pda sakrash mashqlarida dastlabki 5,30 metrlik balandlikni zabt etolmadi. Oradan ikki yil o'tib, yana tarix takrorlandi, bu safar 5,40 sm natijani bo'ysindirish qiyin kechdi.
2008 yilgi qishki jahon chempionatida 5,45 m natija qayd etib, finalga yo'l oluvchi kuchli sakkiztalik tarkibiga kira olmadi.
2008 yilgi Olimpiadada saralash musobaqalarida 5,65 m ko'rsatkich bilan 3-o'rindan joy egalladi. Biroq final musobaqalarida ancha pastga sho'ng'ib ketdi va medallar uchun kurashdan mosuvo bo'ldi – 5,45 m.
2009 yilgi jahon chempionatida saralashda 5,55 m natija ko'rsatgan Leonid yana final bosqichiga o'tuvchi sportchilar ro'yxatiga kirolmadi.

Leonidning qitaviy musobaqalardagi eng yaxshi natijasi 2001 yil o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qayd etilgan va unda kumush medal bilan taqdirlangan. Oradan bir yil o'tib, tengdoshlari o'rtasida qita chempionligini ham qo'lga kiritdi.


U shuningdek, 2009 yil qishki Osiyo chempionatida ham oltin medal sohibi bo'ldi. 2006, 2010 va 2014 yillarda kumush medal bilan mukofotlangan. Ikki bor – 2008, 2014 yillarda bronzaga loyiq topilgan.
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritgan Leonid muxlisu mutaxassislarning etirofiga sazovor bo'ldi. U o'zining yuksak mahoratini namoyish etib, o'nkurashning 100 metrga yugurish, uzoqlikka sakrash, yadro uloqtirish va balandlikka sakrash mashqlarida yuqori natijalar ko'rsatdi.

Leonid 9-10 iyun kunlari o'tkazilgan O'zbekiston kubogi bellashuvlarining o'nkurash mashqlarida 8250 ochko natija bilan Rio-2016 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

“News Arena” gazetasining 2016 yil 21-sonidan olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing