14 noy 14:30
Yangiliklar

Uli SHtilike: “O'zbekiston terma jamoasining himoyasi mustahkam”
“Ertangi o'yinga ko'p narsa bog'liq. So'nggi bosqichda har bir o'yin qiyin kechmoqda. Bir maromda harakat qilishda davom etishimiz kerak. O'zimizga ishonchni oshirib borishimiz kerak.
O'zbekiston oxirgi 5ta o'yinda faqat Eron bilan o'yinda bitta gol o'tkazdi. Iordaniya bilan o'yinda kichik hisobda g'alaba qozonishdi. Ularning himoya chizig'i mustahkam.
Menimcha, Kanadaga qarshi o'yindagi kabi o'ynay olsak, hammasi joyida bo'ladi. Kanada bilan uchrashuvda hujumda ham, himoyada ham yaxshi harakat qildik.
Bizning futbolchilar bo'lajak o'yinga mutlaqo tayyorlar, ham ruhan, ham jismonan. Barcha O'zbekiston bilan o'yin masuliyati haqida juda tushunib turibdi”, - deydi SHtilike yonhapnews.co.kr nashriga.
Fikrlar