21 iyu 16:28
Yangiliklar
Uloq yana amaldagi jahon chempionida ketdi
Dunyoning 10 nafar eng kuchli grossmeysterlari Magnus Karlsen (Norvegiya), Vishvanatan Anand (Hindiston), Levon Aronyan (Armaniston), Fabiano Karuana (AQSH), Anish Giri (Gollandiya), Vladimir Kramnik (Rossiya), Xikaru Nakamura (AQSH), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Veselin Topalov (Bolgariya), Uesli So (AQSH) ishtirokida o'tgan Grand Chess Tour turnirida yana amaldagi jahon chempioni o'zini ko'rsatdi.
Musobaqaning birinchi kunida Levon Aronyan 5,5 ochko bilan etakchilik qilayotgandi. Biroq, bugungi o'ynalgan 9-partiyada 6 ochko jamg'argan FIDE reytingi peshkadami Magnus Karlsen yakunda 11 ochko bilan yana bosh sovringa ega chiqdi. Aronyan esa 10 ochko bilan ikkinni egalladi. 3-5-o'rinlar 9,5tadan ochko jamg'argan Vishi Anand, Nakamura va Soga nasib etdi.
Takidlash kerak, kecha yakuniga
etgan rapid yo'nalishida ham amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen 12 ochko bilan
g'olib bo'lgan edi. SHu bois, umumiy hisobda ham Karlsen 23 ochko bilan etakchilik
qildi. Amerikalik Uesli So 20,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etdi. Aronyan 20
ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.
Fikrlar