So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

18 okt 09:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Umar Nurmagomedov 2024 yilning so'nggi UFC turnirida oktagonga chiqadi

Teglar :  Umar Nurmagomedov
Eng engil vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Umar Nurmagomedov navbatdagi raqibini bilib oldi.

U 2024 yil hisobidan o'rin olgan so'nggi UFC turnirida jang o'tkazadigan bo'ldi. Umar 14 dekabr kuni AQSHning Tampa shahrida o'tkaziladigan UFC on ESPN 63 turnirida divizion reytingining sakkizinchi pog'onasidan joy olgan xitoylik Song Yadongga qarshi oktagonga ko'tariladi. 

Vaziyatga yaqin manbalarning xabar berishicha, ushbu jang katta ehtimol bilan oqshomning markaziy to'qnashuvi bo'ladi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Umar Nurmagomedov shu yilning avgust oyida UFC ligasidagi oltinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. O'shanda u amerikalik Kori Sendxagenni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi. 

Aslida rossiyalik jangchining keyingi raqibi divizion chempioni Merab Dvalishvili bo'lishi kerak edi. Lekin gruziyalik aralash yakkakurash ustasi 2025 yilning mart oyigacha oktagonga qaytmasligini aytganidan keyin Nurmagomedov rejasini o'zgartirishga majbur bo'ldi.

Song Yadong esa so'nggi jangini shu yilning mart oyida rossiyalik sobiq chempion Petr Yanga ochkolar hisobi bilan yutqazib qo'ygandi. Yangacha xitoylik sportchi ketma-ket ikkita g'alaba qayd etgandi. U avvaliga Riki Simonni texnik nokautga uchratdi, keyin esa hakamlarning yakdil qarori bilan Kris Gutierresni taslim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing