So’nggi yangiliklar

13:07Пэдди Пимблетт октагонга қайтиш муддатини маълум қилди 0 12:36Тошкентда кикбоксинг бўйича Жаҳон кубоги ўтказилмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 12:05Чимаев, Царукян, Нурмагомедов жанг қиладиган RAF турнирининг тўлиқ таркиби тасдиқланди 0 11:34Винисиус узоқ муддатга дисквалификация қилингани ҳақида гапирди 0 11:03Тўлиқ таркибда қатнашган юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 10:32Артур Бетербиев қизиқарли янгиликлар ваъда қилди 0 10:01"Бу йигитларни қўллаб-қувватлаш керак". Пейж UFC’даги паст гонорарлар бўйича танқидга қўшилди 0 09:30Месси ва Суареснинг узатмалари "Интер Майами"га "Нью-Йорк Сити"ни мағлуб этишга ёрдам берди 0 08:59Жалолов рингга чиқадиган оқшомда 121 та мағлубияти бор боксчи жанг қилади 0 08:28Алекс Перейра Пауло Коста нима учун Магомед Анкалаевни мағлуб этишини тушунтирди 0 07:57"Янга қарши иккинчи жангнинг бошидаёқ ғалаба қозона олмаслигимни тушуниб етдим" - Двалишвили 0 07:26ЕЧЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган учрашувда ПСЖ "Манчестер Сити"ни таслим этди + ВИДЕО 0 19:30Вирал сурат ортидаги Мерьем: Туркия волейболининг 20 ёшли гўзали бутун дунёни ўзига қаратмоқда 0 19:05Умматалиев Бивол билан машғулот ўтказмоқда (ВИДЕО) 0 18:37Алекс Перейранинг синглиси UFC билан шартнома имзолай олмади 0

30 avg 08:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Umar Nurmagomedov kechagi kutilmagan nokautiga ilk bor izoh berdi

Xitoylik Song Yadongga qarshi kechgan jangdagi og'ir nokautli mag'lubiyatdan bir necha soat o'tib, Umar Nurmagomedov o'zini qo'llab-quvvatlagan barchaga murojaat qildi.

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi ahvoli haqida gapirdi hamda xatolarni tahlil qilib, oktagonga qaytishga vada berdi.

"Mening ahvolim yaxshi. Ko'ngil so'rab yozayotgan barchaga katta rahmat. Xatolarim ustida ishlayman va kuchli bo'lib qaytaman", — deb yozdi rossiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

SHanxaydagi UFC Fight Night 286 turnirining markaziy jangida Yadong ko'pchilik kutmaganda nomdor raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Nurmagomedov barcha uch hakamning baholash varaqalariga ko'ra birinchi raundni o'z foydasiga hal qilgan edi. Hal qiluvchi vaziyatdan biroz oldin esa, boshlar to'qnashuvi natijasida Songning o'ng ko'zi ustida jiddiy jarohat (kesilish) yuzaga kelib, yuzi qonga belangandi.

Nurmagomedov shu paytgacha faoliyatida hech qachon muddatidan oldin mag'lub bo'lmagandi. Uning faoliyatidagi yagona mag'lubiyati o'tgan yilning boshida Merab Dvalishviliga qarshi chempionlik jangida qayd etilgan va o'shanda u hakamlarning bahsli qarori bilan yutqazgandi.

Ketma-ket ikkinchi marta muddatidan oldin g'alaba qozongan xitoylik jangdan so'ng o'zining navbatdagi raqibi sifatida Dvalishvili va Petr Yan o'rtasidagi chempionlik jangi g'olibini ko'rishni istashini aytdi. Ushbu principial trilogiya 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida yakuniga etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing