So’nggi yangiliklar

19:06Исраэль Адесанья Чимаевни танқид қилди 0 18:45Александр Усик фаолиятини якунлаш режасини ўзгартирди 0 18:24FIFA Series турнири олдидан Венесуэлада йўқотиш 0 18:01"Агар UFC Жон Жонсни ҳурмат қилмаса, умуман кимни ҳурмат қилади?" - Фрэнсис Нганну 0 17:44Александр Усик: "Жошуа 2027 йилда мутлақ жаҳон чемпиони бўлади" 0 17:25Боксчиларимизнинг катталар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашадиган таркиби маълум бўлди 0 17:17Эдди Хирн Жошуа — Уайт жанг ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0 14:25Синхрон сузувчиларимиз Париж Жаҳон кубогида қатнашади 0

08 iyu 12:12
Yangiliklar

Boks/MMA

"Umar Nurmagomedov Xabibning takomillashtirilgan talqini"

Eng engil vazn toifasida Bellator jangchisi rossiyalik Magomed Magomedov Umar Nurmagomedovning UFC chempioni bo'lish imkoniyatini baholadi va uning kuchli tomonlari haqida gapirdi.

"O'ylaymanki, Umar Kori Sandxagendan o'tsa, 100% davogarga aylanadi. Bu Umar uchun yaxshi sinov bo'ladi. Yil davomida u bilan ko'p ishladim. Hech kim bunday qiyin sparringni ko'rmagan. U har tomonlama yaxshi. Biz bilan Renat Xavalov va Qasum Qasumov ham ishlagan. To'rtovimiz bir-birimiz bilan ishlagandan so'ng xonadan emaklab chiqib ketar edik. Umar hozirdanoq chempionlik uchun kurashishga tayyorligiga ishonaman. Hozir buning ayni vaqti. 

Kurashda u Xabibning takomillashtirilgan talqini. U "stoyka"da yaxshi. Lekin, uning erkin kurashi juda yuqori darajada. Juda noqulay va harakat qilish qiyin. Agar u sparringda qo'lga tushib qolgan bo'lsa, uyga qaytib xatolari ustida ishlamoqda. Keyingi sparringlarda u bunday xatolarga duch kelmaydi. Umar tayyorgarlikka juda aqlli yondashadi. Uning aqli yaxshi ishlaydi. CHempionlikni qo'lga kiritish uchun asosiysi shu", - dedi Magomedov.

6 avgust kuni bo'lib o'tadigan UFC turnirining asosiy bahsida Umar Nurmagomedov va Kori Sandxagen o'zaro kuch sinashadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing