So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

06 avg 13:18
Yangiliklar

Futbol

Umid Ahmadjonov Ektor Kuper bilan uchrashdi

Milliy terma jamoamizga argentinalik mutaxassis Ektor Raul Kuper bosh murabbiy etib tayinlangani xaqida futbol ixlosmandlarining xabarlari bor.

Bugun tonggi soat 6:10da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston MTJni boshqarib boradigan argentinalik mutaxassis Ektor Kuperni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tgani xaqida xabar berib o'tgan edik.

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice Prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoamizning yangi murabbiyini qabul qildi. Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov murabbiy bilan suhbatlashar ekan, futbolimizda olib borilayotgan islohotlar bilan o'rtoqlashib, o'zbek xalqining azaliy orzusi bo'lgan jahon chempionatiga chiqish eng dolzarb vazifa ekanligini aytib o'tdi.

"Bizning xalqimiz juda ham futbolsevar. Siz milliy terma jamoamizni boshqarib borishingiz elon qilinganidan keyin, yurtimizdagi futbol muxlislari bu xabarni katta quvonch bilan kutib olishdi. Asosiy maqsadimiz oldimizda turgan katta musobaqalarda ijobiy natijalarga erishish, Tokio-2020 hamda Jahon chempionati-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritish.
O'zbekiston futbol associaciyasi buning uchun Sizga barcha sharoitlarni yaratib beradi. Murabbiylar ishiga hech kim aralashishiga yo'l qo'yilmaydi. Barchamiz bir tanu bir jon bo'lib oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erishamiz degan umiddaman", - dedi Umid Ahmadjonov.

O'z o'rnida Ektor Kuper ham bu yo'lda bor kuch-g'ayratini ayamasligini bildirib o'tar ekan, aeroportdagi kutib olish marosimidan hayratda ekanini yashirib o'tirmadi.

Uchrashuv so'ngida Umid Ahmadjonov Ektor Kuperga uning ism-sharifi tushirilgan O'zbekiston milliy terma jamoasining ramziy libosi hamda esdalik sovg'alarini topshirdi.

Eslatib o'tamiz, bugun soat 15:00da Milliy olimpiya qo'mitasining anjumanlar zalida Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Matbuot anjumanida barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishlari mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing