So’nggi yangiliklar

14:04"Атлетико" Альваресни "Арсенал"га қанчага сотишга тайёрлиги маълум 0 13:39Таэквондочиларимиз "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women’с Open Championships" Очиқ чемпионатида қатнашади 0 13:12Яхши хабар! Достон Бозоров Али Абдел-Азиз билан келишувга эришди 0 12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0 08:35Жаҳонгир Воҳидов — Абу Даби халқаро шахмат фестивали ғолиби! 0 18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0

10 okt 08:51
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Umid Ahmadjonov harbiy sportchilarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi

Xabaringiz bor, shu yilning 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi vakillari 21ta oltin, 24ta kumush va 25ta oltin medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi o'rinni egallashgandi.

Kecha O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy sportchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovlar ham ishtirok etishdi.

MOQ rahbari so'zga chiqar ekan, Osiyo o'yinlaridagi muvaffaqiyatda harbiy sportchilarimizning o'rni katta ekanligi haqida gapirdi.

«Osiyo o'yinlaridagi muvaffaqiyatda albatta harbiy sportchilarimizning hissalari katta. Umuman, o'zbek sportida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubining tutgan o'rni beqiyos. Sportning deyarli har bir turida Mudofaa vazirligi sport klubi vakillarini uchratishimiz mumkin. Ular orasida Osiyo o'yinlari, Olimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan sportchilarimiz talaygina. Fursatdan foydalanib, Sizlarni qitamizda to'rt yillikning eng nufuzli musobaqada sovrindor bo'la olganligingiz bilan tabriklayman. Endi 2020 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ham muvaffaqiyatli yurishni davom ettirishingizga tilakdoshmiz», – dedi Umid Ahmadjonov.

Qayd etish lozimki, Osiyo o'yinlarida sovrindor bo'lgan sportchilarning 33 nafari Mudofaa vazirligi sport klubi azolari hisoblanadilar. Tadbir davomida Osiyo o'yinlari sovrindorlariga qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing