So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

25 may 13:01
Yangiliklar

Futbol

Umid Ahmadjonov La liga vakillari bilan uchrashdi

O'zbekiston futbol associaciyasi va Ispaniya milliy chempionati La liga o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolangani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ana shu kelishuvga asosan La liganing “Osiyo davlatlari bilan aloqalar” bo'limi boshlig'i Xais Raxmani va “Musobaqalar va turnirlar tashkil qilish” bo'limi boshlig'i Raul Oxedalar yurtimizga tashrif buyurishdi.

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov La liga bo'lim boshliqlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov ispaniyalik mutaxassislarni yurtimizda ko'rishdan xursand ekanini takidlar ekan, o'zbek futboli rivoji yo'lida Ispaniya tajribasini o'rganish asosiy maqsad ekanini aytib o'tdi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun La liga tomonidan yurtimizga mutaxassislarni jalb qilish, ular tomonidan seminarlar tashkil qilish, O'zbekiston futbol associaciyasi xodimlariga ish faoliyatini yo'lga qo'yish borasida amaliy maslahatlar zarurligini aytib o'tdi.

O'z o'rnida La liga bo'lim boshliqlari o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shishga, mutaxassislarni O'zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o'rtoqlashishga tayyor ekanini malum qildi.

Xais Raxmani va Raul Oxedalar O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi vakillari va milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar xodimlari uchun seminar o'tkazishadi.

Seminarda milliy chempionat o'yinlarini tashkil qilishda ahamiyat qaratish kerak bo'lgan jihatlar, marketing masalalari, homiylar bilan ishlash, muxlislarni stadionlarga jalb qilish kabi mavzularda fikr almashilinadi.

Ispaniyalik mehmonlar bugun Superliganing 13-turi doirasida «Paxtakor» stadionida bo'lib o'tadigan «Paxtakor» hamda «Bunyodkor» jamoalari o'rtasidagi poytaxt derbisini Umid Ahmadjonov bilan birga tomosha qiladilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing