21 dek 12:30
Yangiliklar
Umid Ahmadjonov O'FF prezidenti bo'lganidan so'ng nima ishlar qilgani eslab o'tildi
Oyning 12-sanasida Toshkentda bo'lib o'tgan Federaciyaning hisobot-saylov konferenciyasida Umid Ahmadjonov delegatlar tomonidan prezident etib saylandi.
Konferenciyada,
shuningdek, federaciyaning boshqa rahbarlik organlariga ham saylov bo'lib
o'tdi. Umid Ahmadjonov O'FF Konferenciyasi tugashi bilan o'z vakolatini
bajarishga kirishdi. Islohotlarni amalga oshirish guruhi ishni boshlash uchun
qulay nuqta – ustuvor masalalarni aniqlab olib, futbolni rivojlantirish
maqsadida ana shu nuqtadan yangi manzil sari yo'lga tushdi.
“Ishonchingiz
uchun minnatdorchilik bildiraman. Xudo xohlasa keyingi xalqaro
musobaqalarda va Olimpiya o'yinlarida birgalikda, maslahatlashgan holda,
o'zbek futbolini ko'tarishga vada beraman. Bundan buyon muhtaram
Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev va xalqimizni xursand qilib,
futbolimizni birgalikda ko'taramiz degan umiddaman”, - dedi Umid Ahmadjonov.
O'zbekiston
Futbol Federaciyasi mamlakatimiz futbolini yanada ko'tarish uchun o'z oldiga
ustuvor vazifalarni belgilab oldi. Federaciyaning yangi jamoasi 12
sentyabrdan buyon ana shu vazifalar ustida keng ko'lamli ishlarni amalga
oshirib kelmoqda. Konferenciyadan 2 kun o'tib federaciyasining yangi
rahbariyati dastlabki bayonot bilan chiqdi. Unda bolalar-o'smirlar va
ommaviy futbolni yanada rivojlantirish, milliy terma jamoalarning
faoliyatini tubdan isloh qilish, futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati
saviyasini ko'tarish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xalq
va ishqibozlar bilan muloqot ko'priklarini yanada ko'paytirish bo'yicha
chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi haqida elon qildi.
Federaciya
prezidentining ishga kirishishi bilan etibor qaratgan muhim masalalardan
biri bu O'FF faoliyatining maksimal ochiqligini taminlash bo'ldi. Bu borada
federaciya xalqaro tajribaga etibor berishi zarur edi. Umuman olganda,
O'FF bu borada asosan FIFA, OFK, UEFA va boshqa konfederaciyalar, hududiy
federaciyalar, milliy federaciyalar bilan o'zaro hamkorlik va hamjihatlik
aloqalarini kuchaytirish, muvaffaqiyatli sinovdan o'tgan xalqaro
tajribalarni o'zlashtirish masalalariga etibor qaratishni boshladi.
Bevosita
xalqaro munosabatlarga to'xtaladigan bo'lsak, 100 kun ichida Umid
Ahmadjonov bir qator nufuzli tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashishga
muvaffaq bo'ldi. Xususan, O'FF prezidentining ilk xorijiy safari FIFAga
bo'ldi. Umid AhmadjonovSHveycariyaning Cyurix shahrida Xalqaro futbol
federaciyasi raxbari Janni Infantino bilan uchrashdi.
Tashrifdan
ko'zlagan asosiy maqsad FIFA tasnifidagi xalqaro tadbir va musobaqalarni
O'zbekistonga olib kelish bo'lib, O'FF Prezidenti Infantino bilan o'zaro
suhbat chog'ida o'smirlar hamda yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati, 17 va 20
yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi jahon chempionatini O'zbekistonda o'tkazish
masalasini ko'tardi.
SHu bilan birga, Umid Axmadjonov
O'zbekistonbugungi kunga kelib, FIFA Kongressi, shuningdek, FIFAning
ixtisoslashgan forumlaridan biriga mezbonlik qilishgatayyor ekanligini
malum qildi. Federaciyaning barcha turdagi faoliyatini, ayniqsa, moliyaviy
jihatdan shaffoflashtirish bo'yicha yangi strategik reja barpo qilayotgan Umid
Ahmadjonov FIFA rahbari bilan “Forvard” loyihasi bo'yicha muzokaralar olib
bordi. Natijada 2018 yilning oxirigacha O'zbekiston futboliga 3.5 million
AQSH dollari, 2019 yilda esa yana 1.5 million dollar O'FF hisobiga o'tkazib
beriladi.
Umid Ahmadjonov shundan so'ng Dubayga tashrif buyurdi. Bu
erda u BAA Futbol Uyushmasi rahbariyati bilan uchrashdi. Tomonlar o'zaro
hamkorlik memorandumiga imzo chekishdi. Xususan, memorandum O'zbekiston va
amirlik futbol ligalari doirasidagi o'yinlarga ikki mamlakat hakamlarini
taklif qilish, xalqaro tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishda xodimlarning
o'zaro tajriba almashishigaimkoniyat yaratib berdi.
Unga
ko'ra, O'zbekiston Kubogining finaliga BAAlik hakamlar brigadasi
tayinlandi. 4-dekabr kuni bo'lib o'tgan Lokomotiv va Bunyodkor
jamoalari o'rtasidagi matchda Muhammad Abdulla Hasan bosh hakam vazifasini
bajardi. Milliy terma jamoalarimiz o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi
masalasiga ham aloxida to'htalib o'tish kerak. Aynan shu uchrashuvda erishilgan
kelishuvdan uncha ko'p vaqt o'tmay, 1 oydan so'ng O'zbekiston va BAA
jamoalari o'rtasida match bo'lib o'tdi. Bu kabi o'yinlarning muntazam tashkil
etib borilishi, albatta, terma jamoamizning FIFA reytingidagi o'rnini
yaxshilashga va xalqaro maydonda o'z mavqeini mustaxkamlashda muxim rol
o'ynaydi.
16 oktyabr kuni O'FF rahbari Qatar Futbol Uyushmasining
PrezidentiSHayx Hamad bin Xalifa bin Ahmad ol Taniyning taklifiga ko'ra
Dohaga xizmat safari uyushtirdi. Uchrashuv chog'ida tomonlarO'zbekiston va
Qatar futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini
kuchaytirish, federaciyalar o'rtasidagi o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga
qo'yishkabi masalalarni muhokama qilishdi.
Umid
Ahmadjonovning Qatar safari yakunlariga ko'ra, Toshkentda “Aspire” futbol
akademiyasining vakolatxonasi ochiladigan bo'ldi. Umid Ahmadjonov Qatar
amirining vakili SHayx Jassim bilan muzokaralar yakunida Qatardan shunday
katta suyunchi bilan qaytdi. SHu bilan birga, Doha shahrida joylashgan
“Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida milliy chempionatimizda
ishtirok etayotgan klublar shifokorlari uchun seminar tashkil etilishi
belgilandi. Seminar davomida “Aspetar” mutaxassislari tomonidan sport
tibbiyotida qo'llanilayotgan yangi vositalar, davolash uslublari,
futbolchilarning sog'lig'ini nazorat qilib borishda ahamiyat berish kerak
bo'lgan muhim jihatlar haqida batafsil malumot beriladi.
O'FF
Prezidentining kuzgi safarlari bu bilan chegaralanib qolmadi. U,
shuningdek, noyabr oyida Janubiy Koreya Futbol Associaciyasi Prezidenti CHun
Mun Guning bilan uchrashdi. Seulda federaciyalar o'rtasidagi o'zaro tajriba
almashinuvini yo'lga qo'yish borasida kelishuvga erishildi.
Xususan,
2018 yilning yanvar oyida Janubiy Koreyada milliy chempionatimizda
ishtirok etayotgan klublar murabbiylari uchun seminar tashkil etiladi.
Seminar davomida Key-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz
klublari murabbiylari uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi.
SHuningdek, klublarimiz murabbiylari Key-liga jamoalari murabbiylari
tomonidan futbolchilar bilan ish olib borish uslublari, mashg'ulot o'tkazish
jarayonlari, taktik tayyorgarlik bosqichlari bo'yicha batafsil malumot
olishadi. Amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, tajriba to'plash imkoniyatiga
ega bo'lishadi.
Seuldagi safardan 1 kun o'tib, Umid Ahmadjonov Tokio
shahriga tashrif buyurdi va Yaponiya Futbol Associaciyasi Prezidenti Tashima
Kodzo bilan rasmiy uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar o'rtasidagi
hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo'yicha kelishuvga erishildi. Uning
asosida har ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o'rtasida
o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazish, turli musobaqalar va mavsumiy yig'inlarni
tashkil etishni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan.
O'FF Prezidentining muhim xorijiy safarlaridan yana biri, shubhasiz, Malayziyaga amalga oshirildi. Kuala-Lumpurda Umid Ahmadjonovning Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda OFK tomonidan milliy associaciyalarni rivojlantirish dasturi asosida ikkita loyiha bo'yicha kelishuvga erishildi. Unga ko'ra yurtimizning Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida bolalar uchun mo'ljallangan mini-futbol maydonchalari barpo etilishiga OFK tomonidan mablag' ajratiladi.
Bundan tashqari, Respublika Oliy Sport Mahorati Futbol Maktabiga qarashli suniy qoplamali maydon OFK tomonidan ajratiladigan mablag'lar asosida to'laligicha rekonstrukciya qilinadi. SHuningdek, uchrashuv davomida milliy chempionatda ishtirok etadigan klublarni licenziyalash bo'yicha ular oldiga qo'yiladigan talablar masalasi ham ko'rib chiqildi. Mazkur uchrashuvdan uncha ko'p vaqt o'tmay, aniqrog'i, 3 dekabr kuni OFK Prezidenti Toshkent rasmiy tashrif bilan keldi. SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa 4-dekabrda “Bunyodkor” – “Lokomotiv” o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogi final uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib borib, g'olib jamoa “Lokomotiv”ga mamlakat Kubogini topshirdi.
"O'zbekiston
nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasining asosiy birlashtiruvchisi, balki Osiyo
futbolining elitasihamdir. O'zbekiston Futbol Federaciyasi OFKning eng yosh
azolaridan biri bo'lishiga qaramay, O'zbekistonning rivojlanishi juda tez
suratda davom etmoqda. Men ishonch bilan ayta olamanki, yaqin orada
O'zbekiston Milliy terma jamoasini Jahon chempionatida ko'ramiz. Kuchli va
faol yangi rahbar Umid Ahmadjonov boshchiligida O'zbekiston Futbol
Federaciyasi to'g'ri yo'ldan ketayotganini etirof etish kerak”.
Mazkur
uchrashuvlar yakuniga ko'ra 2018 yildan boshlab
AsianFootballConfederationAdministrationSystem dasturi O'zbekistonda ham
yo'lga qo'yilib, futbol musobaqalari va tadbirlarida ishtirok etuvchi
ro'yxatdan o'tgan barcha insonlarning malumotlari jamlanadigan bo'ldi.
Superliga va Pro-ligada qatnashuvchi jamoalar ham mavsum boshida
qaydnomalarni aynan mana shu dastur orqali elektron tarzda amalga oshirib
borishadi.
Yana bir etiborga molik jixat. Umid Ahmadjonov o'tkazgan
birinchi matbuot anjumanidayoq jurnalistlarning barcha savollariga javob
berar ekan, O'zbekiston Futbol Federaciyasini tub islohotlar kutib
turganligini malum qildi. Federaciya rahbari o'zgartirishni kadrlar
masalasidan boshlashini malum qildi.
O'FF
strukturasida 90 foiz o'zgarish amalga oshiriladi, kuchli federaciya va
kuchli jamoa tashkil qilish uchun kadrlarga barcha sharoitlar yaratib berib,
ularni xorijga malaka oshirishga yuboriladi. SHu bilan birga kelishilgan
o'yinlarga qarshi kurashish uchun tashkilotda yangi bo'lim ochilib, unda
mutasaddi ishchilar faoliyat yuritishi haqida ham malum qilindi.
PFLni,
klublarni kuchaytirsak, terma jamoa ham kuchli bo'ladi. Bu ustida katta
ishlab olib borilmoqda. Janob Infantino bilan suhbatda PFL tuzilmasini
o'zgartirib, shtatlarini ko'rib chiqqandan keyin “Real Madrid” va
“Barselona” kabi Evropaning nomdor klublariga PFL xodimlari va
mutaxassislarini yuborish va u erda ish o'rganish haqida muhokamalar bo'ldi.
Federaciya xodimlarini ham 10 kunga FIFAga yuborib, ularning malakasini
oshirishni rejalashtiryapmiz. Yangi tarkibiy tuzilma to'g'risida 10 kun ichida
malumot beramiz.
Bu masala o'zining amaliy javobini uzoq
kutmadi. 10 oktyabr kuni Federaciya majlislari zalida navbatdan tashqari
yig'ilish bo'lib o'tdi. Kun tartibidan O'zbekiston Professional Futbol Ligasi
rahbariyatidagi o'zgarishlar masalasi o'rin oldi. SHu vaqtga qadar O'zPFL Bosh
direktori lavozimida ishlab kelgan Farhod Magametov o'z vazifasidan ozod
etildi. Uning o'rniga Omon G'ofurov O'zPFL Bosh direktori etib tayinlandi.
O'zgarishlar
bu bilan cheklanib qolmagan etirof etish zarur. Oldinda ko'pchilikning
qizqishiga sabab bo'layotgan milliy terma jamoa bosh murabbiyi masalasi ham
bor edi. Xozirda jamoamizga bosh murabbiy jalb etish bo'yicha bir necha
xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda. 1-jamoamiz bilan
amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida O'zbekiston futbol federaciyasi
tarixda birinchi marta bevosita Jahon chempionati oldidan mundial
qatnashchisi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishganini ham
qayd etish zarur.
Mart oyida jamoamiz, tarkibida Mexdi Benatiya,
Muborak Bussufa, Nabil Dirar, Ashraf Xakimi kabi mashhur futbolchilar to'p
suruvchi Marokash mehmoni bo'ladi. SHu bilan birga, 18 may kuni tajribali
Karlush Keyrush boshchiligidagi Eron terma jamoasi raqibimizga aylanadi.
Mazkur jamoa ham so'nggi yillarda mundiallarning doimiy ishtirokchisi
hisoblanadi. Ko'pchilik mutahassislar islohotlar davrida milliy terma
jamoamiz kuchaytirishni istasak, eng avvalo ichki chempionatimizni
rivojlantirish, tubdan o'zgartirish zarur ekanligini qayd etishdi. Bu O'FF
dasturidan o'rin olgan muhim yo'nalishlardan biri edi. 30 oktyabr kuni yana
bir jiddiy o'zgarishga qo'l urildi. O'zbekiston Professional Futbol Ligasi
Ijroiya Qo'mitasining qaroriga ko'ra futbol bo'yicha Oliy liga musobaqasi
kelasi mavsumdan boshlab “O'zbekiston Superligasi”, birinchi liga esa
“O'zbekiston PRO-ligasi” deb nomlanadigan bo'ldi. Superligada jamoalarning
soni 12tacha qisqartirildi.
SHu bilan birga, O'zbekiston
Professional Futbol Ligasi FIFA va Osiyo Futbol Konfederaciyasining
direktiv hujjatlari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar asosida OFK, O'FF
va PFL tashkil qiladigan musobaqalarida ishtirok etish uchun professional
futbol klublariga qo'yiladigan talab va tamoyillarni kuchaytirdi. Ijro
muddati 2018 yilning 1 fevraligacha bo'lgan standartlarning OFK
licenziyalash tizimiga mos kelishiga katta etibor berilgan.
O'tgan
vaqt ichida mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, hududlarda
bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida
Federaciya tomonidan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirildi. Umid
Ahmadjonovning tashabbusi bilan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi
hamda O'zbekiston Futbol Federaciyasining “Bolalar va o'smirlar futbolini
rivojlantirish to'g'risida” qo'shma qarori qabul qilindi.
Hujjatda
bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirishda shaffoflik tamoyillariga
amal qilish haqida so'z borib, 2018-2023 yillarga mo'ljallangan 5 yillik
dasturni ishlab chiqish, amalga oshirish va uning ijrosini monitoring qilish
haqida so'z boradi. Bu borada birinchi galda bolalar murabbiylarining
malakasini, bilim saviyasini oshirish masalasiga alohida ahamiyat
qaratilyapti.
Futbol maktablarida Evropaning futboli rivojlangan
mamlakatlari o'quv-metodikasi asosida ish olib borish, bolalar bilan
mashg'ulotlarni yangi uslubda, Evropa andozalariga mos ravishda o'tkazish va
shu yo'l orqali yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlashga katta ahamiyat
qaratilmoqda. Xususan, 17 dekabr kuni serbiyalik 56 yoshli mutaxassis
Zavisha Miloslavlevich poytaxtimizga tashrif buyurdi.
Uning
mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha dasturi
Federaciya rahbariyatiga maqul kelsa, Zavisha Milovslavlevich Andijon,
Farg'ona, Namangan viloyatlarida ish olib boradi. Navoiy, Samarqand,
Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida bolalar futboli bo'yicha ishlash uchun
ispaniyalik mutaxassis, "Real" Madrid akademiyasida faoliyat yurituvchi Kiko
Zuniga poytaxtimizga taklif etildi. Kikon Zuniga ham O'FF prezidenti Umid
Ahmadjonov bilan uchrashib, o'z dasturini taqdim etdi. Mutaxassislar
hududlarda bolalar futboli murabbiylari va selekcionerlar bilan ish olib
boradi.
Ularga yosh futbolchilarni futbol maktablariga saralab olish,
o'quv-mashg'ulotlarini o'tkazish, istedodli futbolchilarning mahoratini
sayqallab borish bo'yicha kerakli maslahalar berib borishadi.
Umuman olganda, O'FFga yangi rahbar saylangan vaqtdan buyon keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Bular qatoriga xatolar qayd etgan hakamlar, jiddiy qoidabuzarlikka yo'l qo'ygan futbolchilarga belgilangan jazolar, shu bilan birga, yangi formatda o'tkazilgan O'FF taqdirlash marosimi, va yana ko'plab islohotlarni qo'shish mumkin. SHuningdek, o'tgan kisqa vaqt mobaynida, katta loyihalarga start berildi. Amalga oshirilishi zarur bo'lgan muhim vazifalar bajarildi, barcha jabxalarda jiddiy o'zgarishlarga qo'l urildi. Biroq, bu islohotlarning boshlanishi, o'zbek futboli rivoji yo'liga tashlangan dastlabki qadamlardir.
Fikrlar
Илтимос админлар сайланиш билан тайинланишни алмаштириб куйманглар!!!
Килинган ишлари тугрисида куууп ёзибсизлару Абрамовнинг, хакамнинг нохак четлатилишини, Насаф ва Бухоронинг нохак жазоланиши, Пахтакор фойдасига адашганлар ва ундаги "раккосларни" жазоланмай колганларини ёзмабсизлар.
Хозир айни вактда Президентимизнинг йил якунларига багишланган селектор йигилиши бошланиш арафасида. Сизларга маслахатим йил якунлари буйича нималар килиш мумкинлигини ва шунча ишга кандай вакт топиш мумкинлигини , ишлаганларни четлатиш керакми йукми жавоб топиш учун албатта киринглар!!!!